Shamsiddin Boboxonov
1937-2003 yy.

TARJIMAI HOL

1937 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1959 yili Toshkent chet tillar instituti ingliz tili fakultetini tamomlagan. 
1962-1966 yillari Misrdagi Al-Azhar universitetida o‘qigan. 1973 yili Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida arab filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlik ishini yoqlagan. 
1975-1982 yillari Toshkent islom instituti rektori, 
1982-1989 yillari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 
1985 yilda Iordaniya Qirollik akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan, 1989-1994 yillari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.
Uning muallifligida «Hadis ilmining peshvolari», «So‘nmas ziyo», «Musulmonlik asoslari», «Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon»kabi asarlar chop etilgan. 
1994 yildan 2003 yilgacha diplomatiya sohasida xizmat qilib, Misr Arab Respublikasi, Saudiya Arabistoni hamda o‘rindoshlik asosida Jazoir, Iordaniya, Kuvayt, Bahrayn kabi davlatlarda O‘zbekistonning elchisi bo‘lgan.
2003 yili Toshkentda vafot etgan.

FILIMLAR
AUDIOLAVHALAR
FOTOGALAREYA
ELEKTRON KITOBLAR NUSXASI