MAQOLALAR
O‘zbek allomasi nomi berilgan sunʼiy yo‘ldosh kosmosni zabt etdi

O‘zbek allomasi nomi berilgan sunʼiy yo‘ldosh kosmosni zabt etdi

Fergani Space kompaniyasining birinchi sunʼiy yo‘ldoshi kosmosga uchirildi. Ushbu qurilmaga buyuk astronom, matematik va geograf olim — Ahmad Farg‘oniy sharafiga Fergani nomi berildi.

Fergani Space kompaniyasining FGN-100-d1 deb nomlangan birinchi sunʼiy yo‘ldoshi SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcon 9 raketa-tashuvchisi orqali AQSHning Vandenberg bazasidan kosmosga muvaffaqiyatli uchirildi. Mazkur kompaniya rahbari va Baykar kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Selchuk Bayraktar hisoblanadi.  

FGN-100-d1 yo‘ldoshi Falcon 9 raketasi orqali Transporter-12 missiyasi doirasida uchirildi. Ushbu missiyada 131 ta foydali yuk, jumladan, parvozni onlayn uzatuvchi vosita, mikrosunʼiy yo‘ldoshlar va orbitadagi transport vositalari kosmosga yetkazildi. 

Fergani Space kompaniyasi o‘zining innovativ va original texnologiyalari orqali kosmik transport hamda past orbitali yo‘ldosh xizmatlari sohasida barqaror va iqtisodiy jihatdan samarali yechimlarni taqdim etishni maqsad qilgan.